Markaziy Osiyo pedagoglari – bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch!

Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 5-6-oktyabr kunlari Nukus shahrida “Markaziy Osiyo pedagoglari – bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch!” shiori ostida Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumi o‘tkazilmoqda.

Unda Markaziy Osiyo davlatlari (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston) ta’lim vazirliklari, xususan Ozarbayjon va Turkiya davlatlari ta’lim tizimi xodimlari, pedagoglar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.

Mehmonlar forum doirasida dastlab Chimboy tumanidagi Amfiteatrda tashkil etilgan madaniy tadbirlarda ishtirok etdi. Qoraqalpoq milliy taomlari hamda xalq sanʼati namunalaridan bahramand bo‘lishdi.