Markaziy Osiyo pedagoglari – bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch!

“Markaziy Osiyo pedagoglari – bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch!” shiori ostida o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumi ishtirokchilari Taxtako‘pir tumanida joylashgan “Qorateran” turistlik majmuasiga tashrif buyurdi hamda bu yerdagi qator madaniy-ma’rifiy tadbirlarda qatnashdi.

Xususan, etno-turistik majmuada yaratilgan sharoitlar, o‘tov qurilishi jarayonlari, chinakam cho‘l muhiti barchada birdek qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, hududda tashkil etilgan qoraqalpoq milliy sanʼati namunalari hamda etnografik badiiy chiqishlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.