Markaziy Osiyo pedagoglari – bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch!
“Markaziy Osiyo pedagoglari – bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch!” shiori ostida o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumi ishtirokchilari turli guruhlarga bo‘lingan holda seminar tadbirlarida qatnashdi.
Ishtirokchi davlatlarning o‘zaro tanishtiruv bo‘yicha badiiy chiqishlari, milliy taomlarni tayyorlash jarayonlari, turistik manzillarga qilingan sayohatlar barchada birdek manzur bo‘ldi.
Shuningdek, hududda tashkil etilgan qoraqalpoq milliy sanʼati namunalari hamda etnografik badiiy chiqishlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.