Shahrisabz va Guliston davlat pedagogika institutlari bilan hamkorlik memorandumlari tuzildi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti va Guliston davlat pedagogika instituti vakillaridan iborat delegatsiya a’zolari Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.

Mehmonlar institut rektori Alisher Ubbiyev qabulida bo‘ldi.

Uchrashuvda pedagogika oliy ta’lim muassasalari oldiga qo‘yilgan vazifalar, ularning amaliy ahamiyati va istiqboldagi vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, ilm-fan, ta’lim va innovatsiya yo‘nalishlarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida institut rektori Alisher Ubbiyev Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori Mash’al Saidov, shuningdek, Guliston davlat pedagogika instituti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Hilola Mamatovalar bilan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy loyihalar, seminar va konferensiyalar tashkil etish maqsadida hamkorlik memorandumlarini imzoladi.

Bunday tadbirlar oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

NukusDPI matbuot xizmati.