Diqqat, e’lon! NukusDPIda magistratura mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturiga talabgorlardan hujjatlar qabul qilinadi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 2025-2026-o‘quv yili uchun Qozog‘iston Respublikasi L.N.Gumilyov nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti bilan hamkorlikda magistraturaning qozoq tili va adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturiga talabgorlardan hujjatlarni qabul qilishini ma’lum qiladi.

Hujjatlar joriy yilning 7-oktyabr kunidan boshlab 25-oktyabr kuni oralig‘ida institutning http://ddp.ndpi.uz/ platformasi orqali onlayn tarzda qabul qilinadi.

Qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha o‘qish muddati 2 yil bo‘lib, o‘quv jarayoni qozoq tilida olib boriladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: +998913013211