Fakultetlarda yoshlar ittifoqi yetakchilari va talabalar kengashi rahbarlari saylovi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash hamda o‘z fikrini erkin ifoda eta oladigan, liderlik fazilatiga ega yoshlarni aniqlash maqsadida fakultetlarda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi yetakchilari va talabalar kengashi rahbarlarini saylash jarayonlari tashkil etildi.

Saylov jarayonlarida Yoshlar ittifoqi boshlag‘ich tashkiloti yetakchisi Yerniyaz Qasimov ishtirok etib, nomzodlar va ularning talabalar bilan yetakchi sifatida amalga oshirmoqchi bo‘lgan reja hamda tashabbuslari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Natijada, eng faol, tashabbuskor va jamoatchilik orasida obro‘-e’tibor qozongan talabalar fakultetlar miqyosida yoshlar ittifoqi yetakchisi hamda talabalar kengashi rahbari etib saylandilar.

Mazkur saylovlar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va institutda yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishga xizmat qiladi.

NukusDPI matbuot xizmati.