Institutda “Toza qo‘llar” dasturi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talabalar va xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shaxsiy gigiyena madaniyatini oshirish maqsadida “Toza qo‘llar” dasturi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.
Tadbir davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari Gulchehra Reymbayeva va Shoira Nurillayeva tomonidan o‘quv binolari, talabalar turar joylari, oshxona va sanitariya-gigiyena xonalarining holati o‘rganilib, tozalik, suv ta’minoti, gigiyenik vositalar bilan ta’minlanish darajasi va sanitariya qoidalariga rioya qilish holati tahlil qilindi.
Shuningdek, talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, qo‘l yuvish madaniyati, yuqumli kasalliklarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan tushuntirish ishlari ham olib borildi.
O‘rganish yakunida gigiyena talablariga qat’iy rioya qilish, ozodalikni muntazam saqlash va sanitariya madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. “Toza qo‘llar” dasturi doirasidagi bu kabi tadbirlar institutda sog‘lom va xavfsiz muhitni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
NukusDPI matbuot xizmati.