NukusDPI professor-o‘qituvchilari “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakulteti texnologik ta’lim kafedrasi dotsenti Ibragimov Bayniyaz Aytbayevich hamda Tarix fakulteti milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi dotsenti Muratbayeva Ardaq Jubatqanovna O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan edi.
Institut rektori Alisher Ubbiyev taqdirlangan ustozlarni kasb bayrami va yutuqlari bilan tabriklab, ko‘krak nishonlarini topshirdi.
O‘z navbatida, ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan ustozlar institutimiz va soha rahbarlariga ko‘rsatilayotgan e’tibor uchun minnatdorlik bildirib, bunday mukofotlar kelgusida yanada samarali ishlashga ruhlantirishini ta’kidladi.
NukusDPI matbuot xizmati.