“Ochiq eshiklar kuni”: Tabiiy fanlar fakultetida ota-onalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institute Tabiiy fanlar fakultetida “Ochiq eshiklar kuni” doirasida talabalarning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda fakultet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalarning ota-onalari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida ota-onalarga fakultetda olib borilayotgan ta’lim-tarbiya jarayonlari, talabalar bilim sifati, darslarga qatnashish holati hamda yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, tadbirda talabalar xavfsizligini ta’minlash, ayniqsa, ijarada yashovchi yoshlar uchun kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, isitish tizimlaridan to‘g‘ri foydalanish va is gazidan zaharlanishning oldini olish borasida zarur tavsiyalar berildi.
Ota-onalar bilan ochiq muloqot tarzida kechgan uchrashuvda ularning taklif va mulohazalari tinglandi. Tadbir yakunida ota-onalar farzandlariga yaratilayotgan sharoit va e’tibor uchun fakultet jamoasiga minnatdorlik bildirdilar. Faol talabalarning ota-onalariga hurmat yorliqlari topshirildi.
Bunday uchrashuvlar institut, talaba va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yoshlarning xavfsizligi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
NukusDPI matbuot xizmati.

