Birinchi prorektor Ellikqal’a fakultetida yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Quvondiq Qodirov Ellikqal’a fakultetida bo‘lib, o‘quv jarayoni va talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida o‘quv auditoriyalari, sport zallari va to‘garaklar faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, birinchi prorektor talabalar turar joyida bo‘lib, bu yerda yoshlar bilan ishlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasidagi ishlarni ko‘rib chiqdi.

Talaba-yoshlar bilan uchrashuv davomida ularning fikr-mulohazalari tinglanib, ular bo‘yicha ish olib borish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Tashrif yakunida prorektor Quvondiq Qodirov fakultet jamoasiga ta’lim sifati va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda yanada mas’uliyat bilan yondashish zarurligini ta’kidladi.

NukusDPI matbuot xizmati.