Yoshlar bilan ochiq muloqot va amaliy yechimlar

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Quvondiq Qodirov hamda moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Polat Xojaniyazov 1-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurib, bu yerda yashovchi talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Suhbat davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, taklif va murojaatlarini bildirdi.

Birinchi prorektor ularning fikrlarini diqqat bilan tinglab, mavjud muammolarni joyida o‘rganish, shuningdek, zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.

Tashrif davomida talabalar uchun yaratilgan yashash sharoitlari, tozalik, tartib-intizom va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligi o‘rganildi.

Ushbu uchrashuv yoshlar bilan bevosita muloqot qilish, ularning fikrini tinglash va hayotiy muammolariga amaliy yordam ko‘rsatish yo‘lida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

NukusDPI matbuot xizmati.