Ijro intizomi va hujjatlar aylanishi xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosini nazorat qilishning yangi mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institut rektorati, fakultetlar va bo‘limlarning tegishli mas’ullari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda ushbu qarorning ustuvor yo‘nalishlari, ijro intizomini mustahkamlash, davlat organlari faoliyatida samaradorlik va mas’uliyatni oshirish, hujjatlar aylanmasi xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan yangi mexanizmlar haqida ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida ijro intizomini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi va mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

NukusDPI matbuot xizmati.