NukusDPIda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli ijodkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 20-oktyabr kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Bolalar va o‘smirlar adabiyoti” Kengashi raisi, taniqli shoir, “Shuhrat” medali sohibi Orif To‘xtashev, “Sharq yulduzi” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari, taniqli shoir, “Do‘stlik” ordeni sohibi Aziz Said, “Zarafshon” gazetasi bo‘lim boshlig‘i, taniqli yozuvchi Isomiddin Po‘latovlar bilan uchrashuv, shuningdek, adabiy kecha va madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Institutimizning barcha ijodkor talaba-yoshlarini ushbu tadbirda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

NukusDPI | 20.10.2025

NukusDPI matbuot xizmati.