Jadidlar hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan asarlar tanlovi o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakultetida xalqimizning ma’naviy uyg‘onishi va milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan jadidchilik harakati va uning mashhur namoyondalarining ezgu ishlarini talaba-yoshlar orasida keng targ‘ib qilish maqsadida “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik asoslari” mavzusida eng yaxshi asarlar tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovning asosiy maqsadi talaba-yoshlarda tariximizga hurmat, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni jadid bobolarimizning ma’rifiy merosini chuqur o‘rganishga jalb etishdan iborat bo‘ldi.
Tadbirda ishtirokchilar ijodiy ishlarida jadidchilik harakatining ma’naviy ildizlari, istiqlol g‘oyalari, milliy o‘zlikni anglash, aholini ilm-ma’rifatga chorlash yo‘lidagi fidokorona xizmatlarini aks ettirishga harakat qildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
