NukusDPI talabasi xalqaro tanlovda gran-pri g‘olibi bo‘ldi

Toshkent shahrida “Yangi O‘zbekiston iste’dodlari” mavzusida xalqaro tanlov bo‘lib o‘tdi.

Vokal, cholg‘u, xoreografiya, xor jamoalari, tasviriy san’at, badiiy o‘qish, teatr kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda respublikamiz va MDH davlatlaridan ko‘plab iqtidorli yoshlar ishtirok etdi.

Quvonarlisi, ushbu xalqaro tanlovda sozandalik yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etgan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti musiqa ta’limi yo‘nalishining 2-kurs talabasi Yerpolat Sharipov gran-pri g‘olibi bo‘ldi hamda Qozog‘iston Respublikasida o‘tkaziladigan xalqaro tanlovga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Institutimiz jamoasi nomidan xalqaro tanlovda gran-pri g‘olibi bo‘lgan talabamiz Yerpolat Sharipovni chin dildan tabriklaymiz!