Talabalar turar joylarida yashovchi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakultetida 2-sonli va “Argoniya” davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan talabalar turar joylarida yashovchi talaba-yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda fakultet dekanining yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Xalmurat Yesemuratov, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Gulchehra Matqurbanova, tyutorlar va pedagog-tarbiyachilar yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, institutning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish, kiyinish, tozalikni saqlash, o‘zaro muloqot madaniyati haqida ma’lumotlar berdi. Shuningdek, talabalarning fikr-mulohazalarini tingladi.
