Yoshlar ta’lim-tarbiyasi va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha dolzarb masalalar belgilab olindi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida kuz-qish mavsumida talabalar o‘rtasida turli salbiy hodisalarning oldini olish, shuningdek, yoshlar ta’lim-tarbiyasining dolzarb masalalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Quvondiq Qodirov, rektor maslahatchisi G‘ulomjon Ibadullayev, fakultet dekanlari, ularning o‘rinbosarlari, tyutorlar, profilaktika inspektorlari, psixologlar, yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti va fakultet yetakchilari, shuningdek, tegishli mas’ul bo‘limlar rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbirda dastlab kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonining borishi, ayniqsa, ijara uylarda yashovchi talabalarning xavfsizligini ta’minlash, is gazidan zaharlanishining oldini olish, buning uchun tegishli tartibda targ‘ibot ishlari bilan birgalikda maxsus otryadlar tashkil etish orqali amaliy ishlarni olib borish masalalari ko‘rib chiqilib, mas’ullarga topshiriqlar taqsimlandi.
Shuningdek, yig‘ilishda institutda o‘tkazilayotgan kelajak soatlari va ma’naviyat soatlari tadbirlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar tinglandi.
Yig‘ilish davomida yoshlar ta’lim-tarbiyasining boshqa dolzarb masalalari ham ko‘rib chiqilib, amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.
NukusDPI matbuot xizmati.
