Ota-onalar bilan hamkorlik – yoshlar tarbiyasining ajralmas qismi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakultetida “Ochiq eshiklar kuni” doirasida talabalarning ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ota-onalar dastlab uchrashuv doirasida tashkil etilgan ko‘rgazma bilan tanishib, “Siy perde” ansambli a’zolarining konsert dasturini tingladi.

Tadbirda fakultet dekani Ulbosin Seytjanova so‘zga chiqib, institutda talabalarning o‘qishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, bilim va ko‘nikmalarini oshirib borishi uchun yaratilgan sharoitlar, fakultet yoshlarining erishayotgan yutuqlari haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, profilaktika inspektori Miyrigul Narimbetova ham so‘zga chiqib, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishning ahamiyati haqida aytib o‘tdi.

Uchrashuvda qayd etilgan masalalar, shuningdek, ijara uylarda yashovchi talabalarning xavfsizligini ta’minlash, ayniqsa, kuz-qish mavsumida is gazidan zaharlanishining oldini olish borasidagi kelgusi vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir yakunida faol talaba-yoshlarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

NukusDPI matbuot xizmati.