NukusDPIda “Tozalik oyligi” doirasida obodonlashtirish tadbirlari boshlandi

Xabaringiz bor, joriy yilning 14-oktyabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalla tizimidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish hamda joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 15-oktyabrdan yurtimiz bo‘ylab “Tozalik oyligi” boshlanishi belgilangan edi.
Ushbu vazifalar, shuningdek, 2025-yil – Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili Davlat dasturi asosida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Tozalik oyligi” tadbirlari boshlab yuborildi.
Tabiiy fanlar fakulteti jamoasi va faol talaba-yoshlari institutda birinchilardan bo‘lib tashabbus bilan chiqib, fakultet binolari atrofida obodonlashtirish ishlarini olib bordi.
Yoshlar fakultet rahbariyati bilan birgalikda ezgu maqsad yo‘lida birlashib, dalalarni qurigan o‘tlar, daraxtlarning barglaridan tozalash, chiqindilarni maxsus joylarga chiqarib tashlash, daraxtlarga suv quyish va oqlash ishlarini hamjihatlik bilan bajardi.
Ushbu oylik doirasida institut hamda uning atrofidagi mahallalarda tozalik aksiyalari, plogginglar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
NukusDPI matbuot xizmati.
