Ellikqalʼa fakultetida ota-onalar bilan uchrashuv tashkil etildi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Ellikqalʼa fakultetida talabalarning ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning asosiy maqsadi – ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan ota-onalarni yaqindan tanishtirish hamda ularning fikr va takliflarini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuvda Ellikqalʼa fakultet dekani Ergash Asamaddinov so‘zga chiqib, ota-onalarga o‘quv jarayonining tashkiliy jihatlari, talabalar dars mashg‘ulotlarida ishtiroki, reyting tizimi, ichki intizom-qoidalari hamda ta’lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Uchrashuv davomida ota-onalar farzandlarining o‘qish jarayonidagi yutuqlari va muammolari haqida o‘z fikrlarini bildirib, o‘qituvchilar, tyutorlar hamda fakultet rahbariyati bilan ochiq muloqot olib bordilar.
Tadbir yakunida faol yoshlarning ota-onalariga tashakkurnomalar berildi.