O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan kecha tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Davlat tili – milliy ma’naviyatimiz timsoli” mavzusida kecha bo‘lib o‘tdi.

Kechada pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Olimjon Eshimbetov, axborot-resurs markazi direktori Gulayim Jiyemuratova, markazning xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Rita Amanbayeva, Aniq fanlar fakulteti dekani o‘rinbosari Xalmurat Yesemuratov, shuningdek, ushbu fakultetning faol talabalari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganining 36 yilligi bayrami bilan barcha ishtirokchilarni tabriklab, ushbu qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati, davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni, yoshlar o‘rtasida ona tiliga hurmatni oshirish masalalari muhokama qilindi.

Kecha davomida ustozlar o‘zbek tili xalqimizning milliy g‘ururi va ma’naviyatining asosi ekanini ta’kidladi va yoshlarni tilimizning sof va to‘g‘ri qo‘llanishiga e’tiborli bo‘lishga chaqirdi.

Tadbir iqtidorli talabalar ijrosidagi konsert dasturi bilan davom etdi.

NukusDPI matbuot xizmati.