Diqqat, diqqat! NukusDPI talabalari o‘rtasida ingliz tilidan fan olimpiadasi o‘tkaziladi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida iqtidorli talabalarni tanlab olish va qo‘llab-quvvatlash, ularning xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida joriy yilning 21-22-oktyabr kunlari ingliz tilidan fan olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.

Fan olimpiadasi g‘oliblari quyidagi topshiriqlarning talabalar tomonidan bajarilganlik darajasiga qarab aniqlanadi:

Birinchi shart – test, 21-oktyabr:

Mamlakatshunoslik, adabiyot, grammatik va leksik materiallar asosida tuzilgan 50 ta savoldan iborat test topshiriqlarini bajarish (100 daqiqa);

Ikkinchi shart – yozma ish, 21-oktyabr:

15-20 daqiqa davomida badiiy filmdan parcha tomosha qilish va mazmunini yozma ravishda kamida 300 ta so‘zdan iborat shaklda bayon qilish (40 daqiqa);

Uchinchi shart – tarjima, 22-oktyabr:

O‘zbek yoki rus tilidagi matnni ingliz tiliga tarjima qilish (30 daqiqa);

To‘rtinchi shart – suhbat, 22-oktyabr:

Tili o‘rganilayotgan mamlakatning davlat tuzilishi, iqtisodiyoti va san’ati, buyuk siymolari, yoshlar hayoti va shu kabilar haqida (tayyorgarlik uchun 20 daqiqa, suhbat uchun 10 daqiqa vaqt beriladi).

Fan olimpiadasi g‘olibi respublika bosqichiga yo‘llanma oladi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantiriladi.

Ma’lumot uchun telefon: +998913878744

NukusDPI iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi.