“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida mashhur shoir va yozuvchilar institutga keldi tashrif buyurdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Sharq yulduzi” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari, taniqli shoir, “Do‘stlik” ordeni sohibi Aziz Said, “Zarafshon” gazetasi bo‘lim boshlig‘i, taniqli yozuvchi Isomiddin Po‘latov ishtirokida “Maʼrifat ulashib” loyihasi tashkillashtirildi.

Tadbir ishtirokchilarini institutning yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Quvondiq Qodirov kutib oldi va institutning yangi oʻquv binosida tashkil etilgan Ajiniyoz muzeyi bilan tanishtirdi.

Mehmonlar Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻlining 200 yilligi munosabati bilan tashkillashtirilgan muzeydagi eksponatlarga yuqori baho berib, muzeyning esdaliklar kitobiga oʻzlarining samimiy tilaklarini yozib qoldirdi.

NukusDPI matbuot xizmati.