Ijodkor yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Аjiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida institutda tahsil olayotgan ijodkor yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda “Sharq yulduzi” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari, taniqli shoir, “Do‘stlik” ordeni sohibi Aziz Said, “Zarafshon” gazetasi bo‘lim boshlig‘i, taniqli yozuvchi Isomiddin Po‘latov yoshlarga qoraqalpoq, oʻzbek va jahon adabiyotining oʻzaro tigʻiz aloqalari toʻgʻrisida maʼlumotlar berdi.
Shuningdek, tadbir davomida idojkorlikka ixlos qoʻygan yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mehmonlardan javoblar oldi.
NukusDPI matbuot xizmati.
