“Ma’rifat ulashib” loyihasi millatlararo totuvlik bayramiga ulanib ketdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida o‘tkazilayotgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida “Biz – bir oila farzandlarimiz!” mavzusidagi millatlararo totuvlik bayrami bo‘lib o‘tdi.
Bayram tadbirida institutning “To‘maris” xalq ansambli, “Siy perde”, “Tarannum”, “Baldauren” ansambllari a’zolari, shuningdek, iqtidorli talabalar ijrosidagi turli millatlarning milliy qo‘shiqlari, raqslari mehmonlar va ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi.
Loyiha mehmonlari shoir Aziz Said va yozuvchi Isomiddin Po‘latov ko‘p millatli institut talabalari va jamoasining hamjihatligi va do‘stligiga yuqori baho berdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
