Institutda “Yosh kitobxon” tanlovi boʻlib oʻtdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan talabalar oʻrtasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish, kitobxonlikni yana ham rivojlantirish, mutolaa madaniyatini keng targʻib qilish, shuningdek, iqtidorli yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida Filologiya fakulteti tomonidan “Yosh kitobxon” tanlovi oʻtkazildi.
Tanlov qoraqalpoq, qozoq, rus va turkman tillarida “Men yoqtirgan asar” va “Eng bilimdon kitobxon” savol-javob shartlari asosida tashkil etildi.
Tanlovda har bitta fakultetdan bir jamoadan ishtirok etdi.
Jamoalarning har bir shart boʻyicha ishtiroki hay’at a’zolari tomonidan baholab borildi.
Shunday qilib, tanlov yakunida “Nigilistlar” jamoasi 1-oʻrinni, “Ziyuar” jamoasi 2-oʻrinni, “Adillik” jamoasi faxrli 3-oʻrinni egalladi.
