“Ma’rifat ulashib” loyihasi ixtisoslashtirilgan maktabda davom etdi

Xabaringiz bor, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida “Sharq yulduzi” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari, taniqli shoir, “Do‘stlik” ordeni sohibi Aziz Said, “Zarafshon” gazetasi bo‘lim boshlig‘i, taniqli yozuvchi Isomiddin Po‘latovlar ishtirokida bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Loyiha doirasida poytaxtimizdagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Adabiy kechada o‘qituvchilar va maktab o‘quvchilari ustoz ijodkorlarning asarlarini o‘qidi, mehmonlar qoraqalpoq va o‘zbek adabiyotining aloqalari, jahon adabiyotidagi o‘rni haqida ma’ruzalar qildi va ishtirokchilar bilan o‘zaro fikr almashdi.

NukusDPI matbuot xizmati.