NukusDPI talabalari “Chiqindidan yangi mahsulot” innovatsion g‘oyalar tanlovida yuqori natijalarga erishdi

Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi Ijroiya qo‘mitasi Nukus filiali tomonidan respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Chiqindidan yangi mahsulot” innovatsion g‘oyalar tanlovi tashkil etildi.

Tanlov ikki bosqichda o‘tkazilib, birinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan 12 nafar talaba final bosqichida ishtirok etdi.

Ahamiyatlisi, ushbu tanlovda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta’lim yo‘nalishining 3-kurs talabasi Kumisay Qizilbayeva plastik idishlarning qopqoqlarini qayta ishlash orqali breloklar tayyorlash bo‘yicha “EcoKey” loyihasi bilan qatnashib, faxrli 2-o‘rinni egalladi va diplom hamda 5 000 000 so‘m g‘olibi bo‘ldi. Shuningdek, uning loyihasi “Eng kreativ yechim” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.

Shuningdek, ushbu tanlovda Tabiiy fanlar fakulteti kimyo ta’lim yo‘nalishining 2-kurs talabasi Maftuna Jumaboyeva maishiy va qishloq xo‘jaligi chiqindilarini qayta ishlash orqali ekologik toza yoqilg‘i (briket, pelet) va organik o‘g‘itlar ishlab chiqarish bo‘yicha “EcoLife” loyihasi bilan qatnashib, sertifikat bilan taqdirlandi.

Institut rektori Alisher Ubbiyev tanlovda yuqori natijalarga erishgan talabalarni tabriklab, ularning innovatsion loyihalarini yanada takomillashtirish va amaliyotga keng joriy etish bo‘yicha takliflarini bildirdi.

NukusDPI matbuot xizmati.