Kelajak soati: Rektor talabalarga “Ma’rifat darsi”ni o‘tdi

Xabaringiz bor, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida haftaning dushanba, seshanba va chorshanba kunlari barcha akademik guruhlar kesimida “Kelajak soati” rukni ostida “Ma’rifat darslari” yuqori tashkilotchilik bilan o‘tkazilmoqda.
Bugun, 28-oktyabr kuni institut rektori Alisher Ubbiyev “O‘zbekiston va jahon” mavzusidagi “Ma’rifat darsi”da talaba-yoshlarga O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o‘rni, roli va ahamiyati, mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, madaniy hamkorlik yo‘nalishlari haqida ma’lumotlar berdi.
Yoshlar dars davomida yurtimizda mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlardagi faoliyati, shuningdek, dunyo davlatlari bilan o‘zaro manfaatli aloqalari haqida yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.
Shu bilan birga, institut rektori yoshlarga o‘z mutaxassisligini chuqur egallagan, xorijiy tillarni yaxshi biladigan, zamonaviy texnologiyalardan mukammal foydalana oladigan kadrlar bo‘lib yetishish orqali mamlakatimizning har tomonlama rivojlanishiga hissa qo‘sha oladigan mutaxassislar bo‘lib yetishishini tilab, bunga erishish uchun o‘z maslahatlari hamda yo‘l-yo‘riqlarini berdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
