Kelajak soati – yoshlarni ma’rifatga yo‘naltirishning muhim bosqichi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Muxtar Ibragimov talaba-yoshlar uchun “Kelajak soati” rukni ostida o‘tkazilayotgan “Ma’rifat darsi”da ishtirok etib, “O‘zbekiston va jahon” mavzusida yoshlar bilan suhbat olib bordi.

Tadbir davomida talabalarga bugungi globallashuv jarayonida mamlakatimizning xalqaro maydondagi o‘rni, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, yoshlarning zamonaviy bilim va kasblarni egallashi uchun yaratilayotgan sharoitlar, yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida hayotiy misollar orqali ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi nufuzi, xalqaro hamkorlik aloqalari kengayib borayotgani, yoshlarning xalqaro ilmiy, madaniy va ta’lim loyihalarida faol ishtirok etishi muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

Dars yakunida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning qiziqtirgan savollariga javob berildi va mavzu bo‘yicha fikr-mulohazalar tinglandi.

NukusDPI matbuot xizmati.