Ma’rifat darslari – yoshlar ta’lim-tarbiyasining muhim bo‘g‘ini

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Quvondiq Qodirov “Kelajak soati” rukni ostida tashkil etilgan “Ma’rifat darsi”da ishtirok etib, talaba-yoshlar uchun “O‘zbekiston va jahon” mavzusida dars o‘tdi.

Dars jarayonida O‘zbekistonning so‘nggi yillarda dunyo miqyosida obro‘-e’tibori ortib borayotgani dalillar va hayotiy misollar bilan tushuntirildi.

Yoshlar dars davomida Prezidentimizning xalqaro maydonda Vatanimiz nufuzini yanada yuksaltirish yo‘lida olib borayotgan siyosati, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o‘rni, roli va strategik ahamiyati haqida keng ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Shu bilan birga, ular mamlakatimizning siyosiy barqarorligi, iqtisodiy islohotlar, madaniy merosni dunyoga tanitish jarayoni, xalqaro tashkilotlardagi faoliyati, ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik shakllari haqida yangi bilimlarni o‘zlashtirdi.

“Ma’rifat darsi” o‘zaro fikr almashish va savol-javoblar bilan qizg‘in ruhda o‘tdi.

NukusDPI matbuot xizmati.