Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar kun tartibi

Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar 

Nukus shahri 2025-yil 7-noyabr soat 10:00/14:00 

Kun tartibi:

1. Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim) ixtisosligi bo‘yicha ilmiy ishlarni muhokama qilish masalasi.

2. Turli masalalar.

Birinchi masala bo‘yicha ma’lumot

1.1. Buxoro davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi Quliyeva Shahnoza Halimovnaning “Bo‘lajak texnologiya ta’limi o‘qituvchilari tayyorlash jarayonida o‘quv-metodik tizimni takomillashtirish mexanizmlari” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishining muhokamasi.

Ilmiy maslahatchi:

pedagogika fanlari doktori, professor Jo‘rayev Husniddin Oltinboyevich

Taqrizchilar:

texnika fanlari doktori, professor Seitnazarov Kuanishbay Kenesbaevich

pedagogika fanlari doktori, professor Ro‘ziyev Erkin Iskandarovich

pedagogika fanlari doktori, professor To‘xtayeva Zebo Sharifovna

1.2. Nukus davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti Tuzikenova Juldizay Amantaevnaning “Ona tili va o‘qish darslarida oʻquvchilarning leksik kompetensiyasini shakllantirish metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishining muhokamasi.

Ilmiy rahbar:

pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Tajbenova Saule Sarsengalievna

Taqrizchilar:

pedagogika fanlari doktori, dotsent Hazratqulov Mutallib Rashidovich

pedagogika fanlari doktori, dotsent To‘raboeva Muqaddas Yoqubjanovna

2. Turli masalalar.