Pedagoglar uchun psixologik treningning ikkinchi kuni yuqori darajada o‘tdi

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 28-29-oktyabr kunlari Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun muhim psixologik qo‘llab-quvvatlash dasturi – “Muvozanat” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi.
Ikki kun davomida mutaxassislar zamonaviy psixologik metodikalarni o‘zlashtirib, amaliy mashg‘ulotlarni bajardi hamda o‘zaro tajriba almashdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
