Institutda “Ma’rifat darslari” yuqori tashkilotchilik bilan o‘tkazilmoqda

Xabaringiz bor, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida haftaning dushanba, seshanba va chorshanba kunlari barcha akademik guruhlar kesimida “Kelajak soati” rukni ostida “Ma’rifat darslari” yuqori tashkilotchilik bilan o‘tkazilmoqda.

Bugun, 29-oktyabr kuni institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Quanishbay Seytnazarov Tarix fakulteti talabalari uchun “O‘zbekiston va jahon” mavzusida “Ma’rifat darsi”ni o‘tdi.

Yoshlar dars davomida mamlakatimizda mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlardagi faoliyati, shuningdek, dunyo davlatlari bilan o‘zaro manfaatlarga asoslangan aloqalari haqida yangi bilimlarga ega bo‘ldi.

Shu bilan birga, prorektor talabalar uchun zamonaviy axborot texnologiyalari, ularning imkoniyatlaridan samarali foydalanish, innovatsion startap loyihalarni ishlab chiqish va grant dasturlarida ishtirok etish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar va maslahatlar berib, ular bilan fikr almashdi.

Tadbir yakunida prorektor fakultetda ilmiy-pedagogik yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

NukusDPI matbuot xizmati.