Talabalar turar joyida “Qizlar fitnes-klubi” tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan talaba-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, institutning 1-sonli talabalar turar joyida talaba-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ularni sportga keng jalb etish maqsadida “Qizlar fitnes-klubi” tashkil etildi.

Bu yerda institutning Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti 1-kurs talabasi Rayhona Atabayeva rahbarligida talaba-qizlar haftaning har seshanba, chorshanba va payshanba kunlari fitnes-sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini olib bormoqda.

NukusDPI matbuot xizmati.