Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida haftaning har payshanba kuni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” etib belgilangan bo‘lib, institutning profilaktika inspektorlari tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida tushuntirish hamda targ‘ibot ishlari olib boriladi.

Shunday tadbirlardan biri profilaktika inspektori Adilbay Mambetsheripov tomonidan olib borilib, unda yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatlardan himoyalanish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan o‘rinli foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni turli kibertahdidlardan himoya qilish yo‘llari bo‘yicha tushuntirish ishlari o‘tkazildi.

Tadbirda talabalar uchun zarur qo‘llanma-flayerlar tarqatildi.

NukusDPI matbuot xizmati.