Yaxshi xabar: Isitish mavsumida tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha ba’zaviy me’yor 5 barobarga oshiriladi – 500 kub metr

Noyabr-fevral oylarida har bir oy uchun 500 kub metrgacha, mart-oktyabr oylarida esa har oy uchun 100 kub metrgacha “bazaviy me’yor” belgilangan.
Kuz-qish mavsumida tabiiy gaz iste’moli yuqori bo‘lganligi sababli Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida oktyabr-fevral oylarida bir oylik “bazaviy me’yor” 500 kub metr amal qiladi.
Bundan tashqari, Prezident qaroriga asosan, ehtiyojmand oilalarga ishlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan har oyda kompensatsiya beriladi.
Kompensatsiya miqdori:
Elektr energiyasi uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq (200 kVt/soatdan keyingi) 150 kVt/soatgacha;
Tabiiy gaz uchun – qish oylarida 250 kub metrgacha, boshqa oylarda 150 kub metrgacha ba’zaviy me’yordan ortiq foydalanilgan qismi uchun kompensatsiya beriladi.
Ilgari kompensatsiyalar faqat qish oylarida amal qilgan bo‘lsa, endi – yil davomida har oyda berilmoqda.
Shuningdek, 2025/2026 yilgi isitish mavsumi uchun noyabr oyida har bir ehtiyojmand oilaga 1 million so‘mdan moddiy yordam ajratiladi.