“Besh tashabbus olimpiadasi”: Stol tennisi bo‘yicha fakultetlar o‘rtasida musobaqa tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining fakultetlararo bosqichi yuqori saviyada davom etmoqda.

Sportning stol tennisi turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada fakultetlarning terma jamoa a’zolari g‘oliblik uchun harakat qildi.

Musobaqa yakunida:

1-o‘rin – Aniq fanlar fakulteti;
2-o‘rin – Sirtqi ta’lim bo‘limi;
3-o‘rin – Tarix fakulteti jamoalariga nasib etdi.

Institutda “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari davom etmoqda.