Fakultetlar o‘rtasida kibersport bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, kibersport turlariga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida fakultetlar o‘rtasida kibersport bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
“Counter-Strike 1.6” bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada har bir fakultetdan jami 5 kishidan iborat jamoalar ishtirok etdi.
Juda qizg‘in tarzda o‘tgan musobaqa yakunida:
1-o‘rin – Aniq fanlar fakulteti;
2-o‘rin – Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti;
3-o‘rin – Tabiiy fanlar fakulteti jamoalariga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlar diplom hamda institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan sovg‘alar bilan taqdirlandi.
