NukusDPI jamoasi “Biz – donormiz!” xayriya aksiyasida faol ishtirok etmoqda

Joriy yilning 28-oktyabr – 3-noyabr kunlari “Yuksalish” harakati tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi qon quyish markazida “Biz – donormiz!” mavzusida donorlik-xayriya aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Ushbu aksiyada Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi a’zolari ham faol ishtirok etmoqda.

Tashabbusning maqsadi – donorlik qoni zaxirasini to‘ldirish va jamiyatda donorlik madaniyatini rivojlantirishdir. Shuningdek, aksiya jamiyatda o‘zaro yordam madaniyatini shakllantirish, bu jarayonning ahamiyatini keng tushuntirish, shuningdek, donor qoni yetishmovchiligi muammosiga jamoatchilik e’tiborini jalb qilishdan iborat.