“Milliy liboslar kuni” doirasida milliy taomlar festivali tashkil etildi

Xabaringiz bor, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar orasida ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan milliyligimizni targ‘ib qilish maqsadida haftaning juma kuni “Milliy liboslar kuni” sifatida keng tarzda nishonlanib kelinmoqda.
Ushbu tadbirlar doirasida, bugun, 31-oktyabr kuni institutning Aniq fanlar fakultetida milliy taomlar festivali tashkil etildi.
– Fakultetimizda O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlaridan kelgan talabalar juda ahil, do‘stona muhitda ta’lim olmoqda. Bugungi festivalda ular o‘z hududlarining milliy taomlarini tayyorlab, ko‘rgazmaga qo‘ydi. Bundan maqsad – yoshlar o‘rtasida millatlararo totuvlikni targ‘ib qilish, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan urf-odatlarning mazmuni va ahamiyatini yoshlarimizga yetkazishdir, – deydi fakultet dekani o‘rinbosari Xalmurat Yesemuratov.
Festivalda fakultetning iqtidorli talabalari qo‘shiqlar ijro etdi, shuningdek, hunarmand yoshlarning qo‘l mehnati namunalari ko‘rgazmasi ham o‘tkazildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
