Voleybol bo‘yicha “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida fakultetlar o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari qizg‘in davom etmoqda.
Voleybol sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada fakultet jamoalari g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi.
Musobaqa yakunida, erkaklar o‘rtasida:
1-o‘rin – Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti;
2-o‘rin – Sirtqi ta’lim bo‘limi;
3-o‘rin – Tabiiy fanlar fakulteti jamoalariga;
Shuningdek, qizlar o‘rtasida:
1-o‘rin – Filologiya fakulteti;
2-o‘rin – Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti;
3-o‘rin – Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti jamoalariga nasib etdi.
Institutda “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari davom etmoqda.
