Dekan o‘rinbosari Tursinbay Seytniyazovning oilasi kitobxonlik tanlovining g‘olibi bo‘ldi

Poytaxtimiz Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan “Kitobxonlik festivali” o‘tkazildi.

Xalqimiz, jumladan, kelajak egalari bo‘lgan o‘quvchi yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish, ularning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan festival doirasida bir nechta tanlovlar bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi, festival doirasida o‘tkazilgan “Eng kitobxon oila” tanlovida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti dekanining yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Tursinbay Seytniyazovning oilasi g‘olib deb topildi.

NukusDPI matbuot xizmati.