“Besh tashabbus olimpiadasi”: Yengil atletika bo‘yicha sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari doirasida yengil atletika bo‘yicha fakultetlar o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada barcha fakultetlarning jamoalari ishtirok etib, talabalar o‘zlarining jismoniy tayyorgarliklarini sinovdan o‘tkazdi.

Musobaqa yakunida:

1-o‘rin – Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti;
2-o‘rin – Aniq fanlar fakulteti;
3-o‘rin – Tabiiy fanlar fakulteti jamoalariga nasib etdi.

Institutda “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari davom etmoqda.

NukusDPI matbuot xizmati.