NukusDPI talabasi Hindistonda o‘tkazilgan madaniyat va ta’lim almashinuvi dasturida ishtirok etib qaytdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti tarix ta’lim yo‘nalishining 3-kurs talabasi Jasurbek Nurullayev shu yilning 25-oktyabr – 1-noyabr kunlari Hindistonning Nyu Dehli shahridagi Tagor International School ta’lim muassasasida tashkil etilgan madaniyat va ta’lim almashinuvi dasturida ishtirok etib qaytdi.
– Ushbu dastur doirasida yurtimizning faol talaba-yoshlari qatorida men ham xalqaro aloqalarni mustahkamlash, xorijiy ta’lim tizimi bilan tanishish va o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Men bundan juda xursandman, – deydi u biz bilan suhbatda.
Institutimiz talabalarining bunday nufuzli xalqaro loyihalarda faol ishtirok etishi – yoshlarimizning bilim, tashabbus va intilishlarining yorqin ifodasidir.
NukusDPI matbuot xizmati.
