Xushxabar! NukusDPI talabasi regbi-7 bo‘yicha terma jamoa tarkibida xalqaro turnir g‘olibi bo‘ldi

Joriy yilning 25-26-oktyabr kunlari Ummon davlatining Maskat shahrida ayollar terma jamoalari o‘rtasida Asia Rugby Emirates Sevens Trophy 2025 xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Turnirda O‘zbekiston, Eron, Janubiy Koreya, Iordaniya va Livan davlatlarining terma jamoalari ishtirok etdi.

Xalqaro turnir yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston ayollar regbi-7 terma jamoasi 1-o‘rinni egalladi va chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Quvonarlisi, terma jamoa tarkibida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishining 1-kurs talabasi Nafosat Odilova ushbu xalqaro turnirda ishtirok etib, o‘zining yuqori darajadagi jismoniy imkoniyatlari, intizomi va jamoa bilan hamjihatlik mahorati bilan ilg‘or o‘yinchilardan biri sifatida jamoamizning g‘alabasiga salmoqli hissa qo‘shdi.

Institut jamoasi nomidan talabamiz Nafosat Odilova va uning murabbiyi Polat Mamutovni xalqaro turnirdagi g‘alabasi bilan tabriklab, kelgusi musobaqalarda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

NukusDPI matbuot xizmati.