Amaliyotchi talabalar kafedra o‘qituvchisi rahbarligida bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti Maktabgacha ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi Zamira Seytekova tomonidan poytaxtimiz Nukus shahridagi 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida amaliyot darslari tashkil etildi.

Dars davomida maktabgacha ta’lim yo‘nalishining 2-J guruh amaliyotchi talabalari nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash orqali bolalar bilan ishlash jarayonida zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘ldi.

Kafedra o‘qituvchisi Zamira Seytekova rahbarligida talaba-yoshlar tarbiyaviy jarayonni tashkil etish, bolalarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish, shuningdek, o‘yin texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tajriba orttirdi.

NukusDPI matbuot xizmati.