“Besh tashabbus” loyihasi doirasida sport musobaqalari tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan talaba-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sportga qiziqishini oshirish maqsadida “Besh tashabbus” loyihasining ikkinchi tashabbusi doirasida shaxmat-shashka va stol tennisi bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazildi.
Musobaqada fakultetlardan o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rish niyatida bo‘lgan talaba-qizlar ishtirok etdi.
Sport musobaqalari yakunida g‘oliblar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantirildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
