O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatining dastlabki o‘yinida g‘alaba qozondi

Bugun, 5-noyabr kuni Qatar davlatida futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk o‘yinini g‘alaba bilan boshladi.
Hamyurtlarimiz guruhdagi dastlabki o‘yinda Paragvay terma jamoasini 1:2 hisobida mag‘lub etdi.
Juda qizg‘in tarzda o‘tgan o‘yinni ko‘pchilik yurtdoshlarimiz qatori Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi va talaba-yoshlari ham onlayn tarzda kuzatib bordi.
Yoshlarimizning Jahon chempionatidagi zafarli qadamlari bardavom bo‘lishiga tilakdoshmiz!
G‘alaba muborak bo‘lsin!
NukusDPI matbuot xizmati.
