NukusDPI kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Karamatdin Gulimbetov bayram munosabati bilan taqdirlandi

Poytaxtimiz Nukus shahrida O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi va 11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Nurazizov, Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov ishtirok etib, soha xodimlarini bayram bilan tabrikladi.
Bayram tadbiri doirasida sohada ko‘p yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh fidoyi xodimlarga ko‘krak hamda esdalik nishonlari topshirildi.
Quvonarlisi, shular qatorida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Karamatdin Gulimbetov “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Karamatdin Nizamatdinovichni institutimiz rektorati, mehnat jamoasi va jamoat tashkilotlari nomidan erishgan yutuqlari, shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi va 11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan samimiy tabriklab, kelgusi mashaqqatli hamda sharafli ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
NukusDPI matbuot xizmati.